"Futbolchi sifatida o‘sishim uchun eng yaxshi joy - bu..." yoxud terma jamoamiz a’zosi klubini o‘zgartirgani haqida

  • 27 yanvar, 2023, 00:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Olimpik” mavsumlaralig‘ida tarkibiga Odil Abdumajidovni qo‘shib oldi. Iste’dodli himoyachi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi a’zosi bo‘lib, bosh murabbiy Timur Kapadze ishongan yigitlardan biri.

Tecno

Shu sababli bu safar mutaxassis futbolchini o‘z jamoasida o‘ynashiga ko‘ndira oldi. 2022 yilni Qozog‘istonda “Ordabasi” jamoasida o‘tkazgan himoyachi yana o‘zimizni chempionatga qaytdi.

Qolganini Odil bilan quyida uyushtirgan suhbatimiz orqali boxabar bo‘lasiz.

- “Olimpik” klubiga o‘tishingiz qanday sodir bo‘ldi? Bu taklifni qabul qilishda ikkilanmadingizmi?

- Timur aka Kapadze bilan gaplashdim. Meni klubga kelishim kerakligini aytdi. Kamchiliklar ustida ishlashimiz zarur, deb ta’kidladi. Mana, nasib ekan keldim.

- Huquqiy tomondan “Metallurg” jamoasiga tegishlisiz. “Olimpik” klubiga ham ijara asosida o‘tdingizmi yoki transferingizni sotib oldimi?

- Ijaraga keldim. Meni futbolchi bo‘lib o‘sishim uchun juda yaxshi joy – bu “Olimpik”. Ushbu taklifni “Metallurg” rahbariyati ham qo‘llab-quvvatladi.

- Oldin suhbatlashganimizda chetdan takliflar bo‘layotgani to‘g‘risida ham gapirib o‘tgandingiz. “Olimpik”ni tanlashingiz o‘zingiz uchun kutilmagan holatda yuz bermadimi?

- Aytganimdek, Timur aka kamchiliklaring bor, shuni ustida ishlashimiz kerak va keyin chetga yanada tayyor bo‘lib borasan deb aytdi. Yaqin insonlarim bilan bu haqida maslahatlashdim. Xudo shu erda nasib qilgan ekan, keldim. Hammasi xayrli bo‘lsin.

odil1_2

- “Metallurg” bilan shartnomangiz borligi uchun Bekobodda qolishingiz ham kutilayotgandi. Bu jamoada qolish istagingiz yo‘qmidi, aslida?

- Shunaqa desam ham bo‘ladi. O‘ylashimcha, “Metallurg”dan ko‘ra “Olimpik”da yaxshiroq o‘sishga erishaman, deb o‘yladim. “Metallurg” boshliqlari bilan gaplashganimda ular o‘z xohishingga qarab ish tut deyishdi. “Metallurg” meni futbolchi bo‘lishimga sababchi bo‘lgan jamoa hisoblanadi. Shuning uchun ham ularning maslahatini olaman.

- “Olimpik”ni tanlashingizda yana kimlar bilan maslahatlashdingiz?

- Albatta, hamma maslahat berdi. Ko‘pchilik bilan gaplashdim. Hozir aytganimdek, “Metallurg” rahbarlari va murabbiylari bilan ham muloqot qildim. Birinchi murabbiyim bor va futbolchi bo‘lishimga sababchi bo‘lgan insonlarning gaplariga quloq tutdim. Baribir birinchi o‘rinda “Olimpik” jamoasiga o‘tishimda katta rol o‘ynagani bu Timur aka Kapadze bo‘ladi. Gaplashganimizda nima qilish kerakligiin aytdi. Futbolchi sifatida o‘sishimda yanada yaxshi bo‘lishi uchun shu variantni tanladim. Xayrli bo‘lsin!

- Legionerga aylanish imkoniyatidan foydalanmaganingiz uchun o‘zingizda biroz bo‘lsa ham xafagarchilik alomatlari kuzatilmadimi?

- Yo‘q, boshida ikkilandim. Lekin maslahatlashganimdan keyin hammasi joyida bo‘ldi. U erda bo‘lsam ham, bu erda bo‘lsam ham maqsad bitta. Xudoga tavakkal qilib harakat qilyapman. Yanada kuchli chempionatlarga ketish niyatim bor.

odil_1

- “Olimpik” O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining negizini tashkil qiladi va bu boradagi vazifa hammaga yaxshi tushunarli. Ammo bundan tashqari, klubning yana boshqa maqsadi ham bormi?

- Birinchi o‘rinda oldimizda turgan vazifa Olimpiada musobaqaga chiqish. Sovrinlarni qo‘lga kiritish va jamoani chempionlikka etaklash maqsadimiz bor. “Olimpik” shu sababli tashkil topgan.

- O‘tgan yili “Ordabasi”da to‘p surdingiz. U erda bir yil o‘ynab o‘zimizni chempionatga qanday futbolchi sifatida qaytdim, deb o‘ylaysiz?

- Qanaqa o‘yinchi bo‘lib qaytdim, bilmayman. Ammo o‘zim uchun o‘sishga erishdim. “Olimpik”da yanada o‘sishni xohlayman. “Ordabasi”dan ketishim albatta qiyinroq bo‘ldi. Chunki bu jamoaga ancha o‘rganib qolgandim. Klub bilan bir oila bo‘lib qolgandik. Qaerda bo‘lsam ham maqsadim o‘zgarmagan.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dolche& Gabana
27/01/2023 01:13
Спортс уздаги чала журналистла езганларимни внимательно укиб хулоса киволларин. Хаммен савияси йук чала саводсанла! Сайтларини 2йилдан буен кузатаман доим хато билан шошиб езасанла бирорта езганларини текширадиган редакторларин йукми? 1та куйган материалини эртаси кун тагинам куйиб куясанла буям кересиз чунки раз просмотр йукми все шартмас кайта куйишин сабаби сайтларин жуда саез! Энг охиргиси МАШЕННИКмисанла рузикулни интерьвюсини езма шаклда эрта дедиларин 1 сутка утиб кетти далбаепла кулиндан кемаса агар наххуй ваьда бериб котта гапирасанла блят. Так что узбекистонда спорт журналистикаси санлага ухшаган чала недогон савиясиз журналистлани кулида коган буса агар пиздец короче