
Futbolchilar Seten tarafdori emas. "Barselona" bosh murabbiyi o‘zgarishi mumkin
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Setenning kelajagi so‘roq ostida turibdi.
Marca nashrining ma’lum qilishicha, jamoa futbolchilari Setenni qo‘llab-quvvatlashmayapti.
Setenning yordamchisi Eder Sarabiyaning xatti-harakatlari futbolchilar va murabbiylar shtabi o‘rtasida masofa saqlashga olib kelgan.
Seten Kataloniya klubini boshqarishda davom etishi shubha ostiga olingan. Yaqin kunlarda murabbiyning masalasi hal qilinadi. Barchasi chempionlik poygasidagi natija bilan bog‘liq.
Bilasizki, La Liga turnir jadvalida "ko‘k-anorranglilar" 33 ta bahsdan so‘ng, 70 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. Madridning "Real" klubi bitta kam uchrashuv o‘tkazgan bo‘lishiga qaramay, peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar