
Futbolchining shikoyati sababli Flik klub oshpazini almashtirdi
Xans-Diter Flik "Barselona" rahbariyatidan safar o‘yinlarid ovqatlanishni tartibga solishni so‘radi.
Safarlardan birida Kataloniya klubi hujumchisi Robert Levandovski oshpazdan shikoyat qildi.
Jamoa bosh murabbiyi Xans Flik futbolchining istagini inobatga olib, klubga yangi oshpaz yo‘llash istagini bildirgan.
Qayd etilishicha, klub Deku va jamoaning asosiy dietologi ishtirokida bir necha haftadan buyon nomzodlar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Ayni vaqtda Kataloniya grandi La Ligada 19 turdan so‘ng 38 ochko bilan La Liga turnir jadvalida o‘chinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar