Futzal. Ertaga Osiyo kubogining saralash bosqichiga qur’a tashlanadi

  • 21 iyun, 2023, 15:02
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga 22 iyun kuni futzal bo‘yicha 2024 yilgi Osiyo kubogining saralash bosqichiga qur’a tashlanadi. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 12:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Tecno

Qur’a tashlash marosimida jamoalar sakkizta guruhga bo‘linadi. Mazkur bosqichda jami 31 ta jamoa ishtirok etadi (oxirgi guruhga 3 ta jamoa joylashadi). Guruh g‘oliblari va eng yaxshi ikkinchi o‘rinni egallagan ettita jamoa musobaqaning final bosqichiga yo‘l oladi.

Eslatib o‘tamiz, saralash bosqichi 2023 yilning oktyabr oyida o‘tkaziladi. O‘zbekiston joylashadigan guruh uchrashuvlari yurtimizda bo‘lib o‘tadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!