Futzal. OFK prezidenti O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi muvaffaqiyatli ishtiroki munosabati bilan tabrik yo‘lladi

CHERY AUTO

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasining Osiyo kubogidagi muvaffaqiyatli ishtiroki munosabati bilan tabrik yo‘lladi

Tecno

Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasining Osiyo kubogida bronza medalini qo‘lga kiritgani munosabati O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov nomiga tabrik yo‘lladi.

Kuvaytda bo‘lib o‘tgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritganingiz bilan sizni va O‘zbekiston futbol oilasini chin qalbimdan tabriklashdan mamnunman.

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasining musobaqa davomida ko‘rsatgan ajoyib o‘yinlari O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi tomonidan futzalni rivojlantirish va ommalashtirish yo‘lida amalga oshirilgan mehnat va sa’y-harakatlaridan dalolatdir.

Bahodir Ahmedov va butun jamoaga turnir davomida namoyish etgan yorqin o‘yinlari uchun minnatdorchilik bildiraman.

Bu g‘alaba jamoani kelajakda yanada katta muvaffaqiyatlarga erishishga undashiga ishonaman.

O‘zbekiston futbol jamoatchiligiga esa kelgusi faoliyatida zafarlar tilayman”, - deyiladi OFK prezidentining tabrigida.

 

Manba: O‘FA matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!