
Futzal Oliy liga. Gollar shousiga aylangan 3 o‘yin nihoyasiga etdi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasi 11-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarga start berildi. Bugunga belgilangan 3 bellashuv yakuniga etdi.
Dastlabki bahs "Dinamo" va AGMK jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Jangovar kechgan o‘yinda nominal mehmonlar 2:4 hisobida g‘alaba qozondi.
"Paxtakor" - "Lokomotiv" uchrashuvida "sherlar" 4:3 hisobida zafar quchdi. Shuningdek, "Stroitel" - "Nasaf" bellashuvida qarshiliklar raqibini tor-mor keltirdi. Jamoalar o‘rtasida 4:8 hisobi qayd etildi.
Fikrlar