
Futzal. Oliy ligada 10-tur uchrashuvlari davom ettirildi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasi 10-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarga start berildi. Bugunga belgilangan 3 bellashuv yakuniga etdi.
Dastlabki bahs "Maksam-Chirchiq" va AGMK jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Jangovar kechgan o‘yinda nominal mehmonlar 5:3 hisobida g‘alaba qozondi.
"Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuvida "temiryo‘lchilar" 3:2 hisobida zafar quchdi. Shuningdek, "Nasaf" - "Navbahor" bellashuvida namanganliklar raqibini tor-mor keltirdi. Jamoalar o‘rtasida 7:3 hisobi qayd etildi.
Fikrlar