
Futzal. O‘zbekiston Osiyo kubogini yirik g‘alaba bilan boshladi
Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi boshlanganidan xabaringiz bor. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga qarshi bahs olib bordi.
Unda vakillarimiz yirik 8:0 hisobida zafar quchdi. Gollarga Choriev, Odilov (dubl), Ropiev (dubl), Rahmatov, Faxriddinov va Usmonov mualliflik qildi.
Ikkinchi turda vakillarimizga Tojikiston terma jamoasi raqiblik qiladi. Bellashuv 29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar