Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Iroq bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Quvaytda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi 12-22-sentyabr kunlari navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Yig‘in davomida Bahodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz Iroq vakillariga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish reja qilingan.

13-sentyabr
O‘zbekiston — Iroq

14-sentyabr
O‘zbekiston — Iroq

Uchrashuvlar “Yunusobod” yopiq sport majmuasida soat 18:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!