
Futzal. Vakillarimiz uchinchi o‘yinda Tojikiston terma jamoasini tor-mor keltirdi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yini doirasida maydonga tushdi. Unda vakillarimiz yana qo‘shni Tojikiston terma jamoasi bilan o‘ynab, yirik 5:1 hisobida zafar quchdi.
Hamyurtlarimizdan gollarga Akbar Usmonov (dubl), Shahram Fahriddinov, Husniddin Nishonov va Dilshod Rahmatov mualliflik qildi. Mehmonlar safida yagona gol Idris Yorov hisobiga qayd etildi.
Shu tariqa, vakillarimiz Tojikiston terma jamoasi bilan o‘tkazilgan 3 ta o‘yinda 2 durang va 1 g‘alaba qayd etdi.
Fikrlar