Gagarin kubogi. "Salavat Yulaev" yana "Avtomobilist"dan ustun keldi
Ufa shahrida kechgan uchrashuvda mezbonlar 4:2 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Nikola Tsuligin shogirdlari 5-daqiqadayoq hisobni ochishdi. Oradan 61 soniya o‘tib esa Eduard Gimatov hisobdagi ustunlikni oshirdi - 2:0.
10-daqiqada Fransis Pare hisobni qisqartirdi. Bunga esa mezbonlar safida Filip Larsen shaybani darvozaga yo‘llab, javob qaytardi. Ikkinchi bo‘limda esa Yoonas Kemppaynen raqib darvozasiga to‘rtinchi to‘pni kiritishdi. O‘yin so‘nggida esa Denis Bodrov uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi - 4:2.
Shu tariqa ufaliklar seriyadagi ustunlikni 3:1 ko‘rinishiga keltirishdi. Beshinchi qarama-qarshilik 22 mart kuni Ekaterinburgda bo‘lib o‘tadi.
"Salavat Yulaev"– "Avtomobilist" – 4:2 (3:1, 1:0, 0:1)
Shaybalar: 1:0 – 5 Semenov (Kugryshev, Burmistrov)
2:0 – 6 Gimatov
2:1 – 9 Pare
3:1 – 16 Larsen
4:1 – 35 Kemppainen
4:2 – 58 Bodrov



Fikrlar