Galiulinning "Tosno"siga Rossiya terma jamoasi sobiq hujumchisi kelib qo‘shildi

  • 15 fevral, 2018, 20:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Vagiz Galiulin to‘p suradigan Leningradning “Tosno” klubi Rossiya terma jamoasi sobiq forvardi Pavel Pogrebnyak bilan kelishuvga erishdi.

Tecno

“Bugun “Tosno”ning 3-o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari boshlanadi va unda Pavel ham qo‘shiladi.

Pogrebnyak bilan shaxsiy kelishuvga erishdik va o‘ylaymanki yaqin ikki kun ichida u bilan rasman shartnoma imzolaymiz”, - deydi klub bosh direktori Vyacheslav Matyushenko.

Ma’lumot uchun, 34 yoshli futbolchi faoliyati davomida APL (“Fulxem”, “Reding”) va Bundesligada (“Shtutgart”) to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!