Gana terma jamoasi “kalla” qo‘ydi!

  • 29 noyabr, 2022, 20:54
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gana terma jamoasi butun boshli delegatsiya bilan Qatarga uchib keldi, ammo uyda bir narsa qolib ketgan edi. Sezganingizdek, JCh ishtirokchisi o‘zining asosiy liboslarini (epikirovkasini) to‘liqligicha o‘z yurtida tashlab kelgan. Eng qizig‘i shundaki, oradan anchagina vaqt o‘tgachgina jamoaning “formasi” yoddan ko‘tarilgani payqab qolingan. Bu holat birinchi marotaba kuzatilmayapti…

Tecno

O‘zi nima bo‘lgan edi?

Voqea haqida Ganadagi taniqli jurnalist – Frank Darkua o‘zining tvitterdagi sahifasida yozdi. Jamoa administratori ishlar bilan chalg‘ib qolib, formalarni Ganada qoldirib kelgan ekan. Qanday qilib ulkan bagajni tashlab kelish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot yo‘q. Jamoa o‘zining Portugaliya bilan o‘yiniga qadar liboslari etib kelishi bilan davlat hafsizlik hizmati va elchilar shug‘ullanishiga to‘g‘ri keldi.

Pftf23_1

Bunaqasi avval ham bo‘lganmi?

2004 yil Gretsiyada bo‘lib o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida Gana futbol rasmiylaridan biri – Kofi Nsia mahalliy brend – “Mingle”dan jamoa liboslarini oladi va aeroportga etkazadi. O‘sha kuni tunda London orqali Afinaga GFA vakili uchib ketishi kerak edi. Nsia yukni aynan hamkasbining nomiga rasmiylashtiradi. Bundan bexabar rasmiy Londonga uchib keldi va qo‘lidagi shaxsiy chamadonini olib Afinaga ketayotgan samalyotga o‘tirib havoga ko‘tarildi.

Italiyaga qarshi ilk o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Gana ustozi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Keyin jamoalar  administratorlari ertangi o‘yinda qanday rangdagi liboslarda harakat qilish borasida kelishib olishi kerak edi. Jamoaning epikirovkasi yo‘q ekanligini bilgach, bosh murabbiy shogirdlari to‘liq sariq libosda harakat qilishini aytadi. Na’muna sifatida olingan futbolka mehmonxonada qolib ketgani ro‘kach qilib ko‘rsatiladi.

O‘yin boshlanishiga bir kun qolgan. Liboslar hech qaerda yo‘q. Shu payt yordamga Nike kompaniyasida ishlaydigan murabbiyning yaqini keladi. Kompaniya chorasiz qolgan jamoaga sariq futbolkalarni (mashg‘ulot uchun ishlab chiqargan) sovg‘a qiladi. Shunga qaramay, muammo bartaraf etilgani yo‘q. Shorti, gedri va liboslardagi raqamlarning yo‘qligi bois jamoa mutasaddilari izlanishga berilib ketdi. GFA vitsa-prezidenti Fred Papponing shaxsan o‘zi Gretsiya ko‘chalarida sariq rangdagi shorti va gedrilarni izlashga tushdi. Jamoa joylashgan shaharchada bunday do‘kon yo‘qligi bois, Fred taksida Afinaga yo‘l oladi. U Poytaxtga kech kirganda etib kelgani bois, o‘zi istagan narsalar sotiladigan dokon berkilib qolgan edi. O‘sha oqshom mehmonxonada qolgach, tonggi soat 5 da dokon oldiga kelib o‘tiradi. Jamoasi uchun kerakli barcha narsani olgach, ortga shoshiladi. O‘yin boshlanishiga 2 soat qolgan bir paytdagina qahramonimiz qo‘lida katta chamadonlar bilan stadionga etib keladi.

Pftf

Gana terma jamoasi, va’da qilinganidek to‘liq sap-sariq libosda maydonga chiqadi. Guruh bosqichidagi ikkinchi o‘yinda jamoa o‘zining orginal futbolkalarida ishtirok etadi. Sariq, qora va qizil rangdan iborat epikirovka ko‘pchilikning e’tiborini ham tortmagani aniq, ammo birinchi o‘yindagi g‘alati komplekt tarixda abadiy qoladi.

Ya . U

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!