Garet Beyl "Real"ga qaytishi mumkin

  • 13 noyabr, 2020, 06:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uelslik yarim himoyachi Garet Beyl yana "Real" libosida maydonga tushishi mumkin.

Tecno

As nashri futbolchining yaqinlari ma’lumotiga tayangan holda, Beylning Madrid klubiga qaytish imkoniyatlarini o‘rganib chiqdi.

Agar jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan "qaymoqranglilar" tarkibini tark etadigan bo‘lsa, unda uelslik futbolchining ortga qaytish ehtimoli ortadi. Biroq, "Real" rahbariyati Beyl borasida aniq bir qarorga kelgani yo‘q. Mavsum yakunigacha futbolchi "Tottenxem"da o‘zini yaxshi ko‘rsatadigan bo‘lsa, klub uni transferga qo‘yadi. Aks holda, xavbek yana bir mavsum "shporlar" safida ijarada to‘p surishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!