
Ana xolos! Gari Nevill APL o‘yinlarini boshqa mamlakatda o‘tkazishni taklif qilmoqda
"Manchester Yunayted" klubi sobiq himoyachisi, ayni damda esa teleekspert hisoblangan Gari Nevill APLning qolgan uchrashuvlarini Buyuk Britaniyadan tashqarida o‘tkazishni taklif qilmoqda. Aytish kerakki, ayni damda ushbu mamlakatda Covid-19 bilan bog‘liq 170 mingdan ortiq holat qayd etilgan.
“Agar biz o‘yinlarni xavfsiz muhitda o‘tkazishni xohlasak, ularni koronavirusdan holi mamlakatlarga ko‘chirishimiz kerak. Evropada pandemiya bilan bog‘liq muammolar bo‘lmagan bir nechta joylar bor. Ular premer-liga o‘yinlarini qabul qilishlari mumkin”, - deydi Nevill.
Eslatib o‘tish lozimki, APL o‘yinlari 29 turdan boshlab noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yilgan edi. Mavsum yakunlanishiga esa yana 9 ta tur bor.
Fikrlar