Garnacho: Finalgacha har bir bosqichda maydonga tushdim, bu bahsda esa 20 daqiqa o‘ynadim

  • 22 may, 13:49
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Alexandro Garnacho Evropa ligasi finalida o‘ziga berilgan vaqtdan norozi. 

"Manchester Yunayted" final bahsida "Tottenxem"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Argentinalik futbolchi asosiy tarkibga kiritilmadi va ikkinchi bo‘limning 71-daqiqasida maydonga tushdi. 

"Hech kimga oson emas. Yomon mavsum. Biz finalda mag‘lub bo‘ldik va Premer-ligada hech qaysi jamoani mag‘lub eta olmadik. 

Bizga ko‘p narsa etishmadi. Gol urmasangiz, ko‘proq harakat qilishingiz kerak. 

Finalgacha har bir bosqichda maydonga tushdim va jamoaga yordam berdim va bu bahsda 20 daqiqa o‘ynadim. Sababini bilmayman! 


Kelajagimga to‘xtaladigan bo‘lsak, men yozdan zavq olishga harakat qilaman. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz", - dedi "qizil iblislar" vingeri. 


 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!