Gasperini: "Yuventus" Italiyada har qanday qoidadan bir bosh ustun

  • 12 iyul, 2020, 05:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini A Seriya 32-turi "Yuventus"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Bunday qoidalar bo‘lgani yaxshi. Biroq "Yuve" Italiyadagi barcha qoidalardan bir bosh ustun. Demak, ularga qarshi uchrashuvlarda qo‘limizni kesib maydonga tushishimiz kerak.

Bu penalti mavsumdagi dastlabkisi emas, ko‘plab uchrashuvlarda shunga o‘xshash vaziyatlarning bir qanchasini ko‘rdik. Boshqa chempionatlarda ikkala holatda ham penalti belgilanmaydi.

A Seriya lideriga qarshi munosib to‘p surdik. G‘alaba uchun borimizni berib o‘ynadik. Yigitlarimga bugungi o‘yinni Chempionlar ligasida uchrashuvidek qabul qilinglar dedim, chunki avgustda yuqori saviyadagi klublar bilan to‘p suramiz", - deydi Gasperini.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!