Gattuzo A Seriya klubini boshqarishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Jenoa"da ish boshlashi mumkin.

Genuya klubi rahbariyati "Latsio" (0:4) ga uchralgan alamli mag‘lubiyatdan keyin, jamoa bosh murabbiyi Aurelio Andreatstsolini ishdan bo‘shatish haqida bosh qotirishmoqda. "Jenoa" klubi Andreatstsolining o‘rniga Gattuzoni asosiy da’vogar deb hisoblashmoqda.

Hozirda Rossiya mamlakatida bo‘lib turgan iltaliyalik mutaxassis bilan genuyaliklar aloqaga chiqib ulgurishgan.

Avvalroq ma’lum qilinganidek, Gattuzoga Rossiya klublari tomonidan ham qiziqishlar bor. Ammo italiyalik mutaxassisning o‘zi bu ma’lumotlarni rad etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!