
Gattuzo "Milan"ga faqat bir shart bilan qaytishi mumkin
"Milan" klubi sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo tez orada yana “rossonerilar” boshqaruvini o‘z qo‘liga olishi mumkin.
Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra milanliklar rahbariyati jamoaning amaldagi ustozi Marko Jampaoloning faoliyatidan norozi bo‘lmoqda va shu bois uning o‘rniga yangi murabbiy olib kelishni rejalashtirmoqda. 41 yoshli Gattuzo esa ushbu lavozimga asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilmoqda.
O‘z navbatida Gattuzo ham “Milan”ga qaytishga qarshi emas, faqat u ortga qaytishi uchun jamoaning texnik direktori Paolo Maldini iste’foga chiqarilishi kerak.
Ma’lumot uchun, “Milan” A Seriyaning o‘tgan 6 ta turidan so‘ng 6 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 13-o‘rinda borishmoqda.
Fikrlar