Gattuzo shogirdlariga so‘nggi daqiqalardagi gol g‘alaba keltirdi
Italiya A Seriyasining 17-turida "Napoli" safarda "Sassuolo"ga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 29-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Xamed Traore hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Markes Allen gol urib, muvozanatni tikladi va so‘nggi daqiqalarda Obiang o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi.

Fikrlar