Gavi jamoa ichidagi ter Shtegen bilan bo‘lgan mojaroga oydinlik kiritdi

  • 2 avgust, 01:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi klubdagi so‘nggi mojaroga munosabat bildirdi. Uning fikricha, jamoa birinchi kapitan Mark-Andre ter Shtegenga hurmat bilan yondashishi shart.

Tecno

"Mark – jamoamizning birinchi kapitani va bu borada futbolchilarning ham ovozi bor. Jamoa qanday qaror qilsa, shunday bo‘ladi.

U og‘ir jarohatni boshdan kechirdi. Mark – klub afsonasi. Biz unga kimligi uchun hurmat ko‘rsatishimiz kerak. U jarohatdan qaytgach, barchasi aniq bo‘ladi. Qarorni esa murabbiy Flik qabul qiladi", – deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik yarim himoyachi "RAC1" nashriga.

Avvalroq, ter Shtegenning umurtqa operatsiyasi haqida klub rahbariyatini xabardor qilmasdan bayonot bergani norozilikka sabab bo‘lgandi. Shu munosabat bilan darvozabon kapitanlikdan mahrum qilinishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!