Gavi: "Lamin juda xafa edi, tezroq qaytishiga umid qilamiz"
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi jamoadoshi Lamin Yamalning jarohati haqida fikr bildirdi.
Gavining aytishicha, Lamin bu holatdan qattiq xafa bo‘lgan.
"U eng yaxshisi va uning safdan chiqqanidan juda afsusdamiz. Lamin kiyinish xonasida xafa edi.
Jarohatdan tiklanish qancha vaqt olishini bilmaymiz, ammo uning imkon qadar tezroq qaytishiga umid qilamiz", — dedi Gavi.
Ma’lumot o‘rnida, "Sel’ta"ga qarshi uchrashuvda (1:0) qanot hujumchisi jarohat olgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchida son orqa qismi mushagi uzilishi gumon qilinmoqda.

Fikrlar