Gennadiy Kochnev oxirgi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

  • 27.11.2017 18:24
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oliy liganing so‘nggi turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan” - “Qizilqum” (1:1) uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matubot anjumaning ikiinchi qismida “Sho‘rtan” bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchi, murabbiy – Gennadiy Kochnev ishtirok etib, uchrashuv haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tecno

- Bugungi o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, birinchi bo‘lim biz uchun o‘ta ayanchli tarzda o‘tdi. O‘rtada hech nima qilolmaganimizdan tashqari, hujumda ham o‘yinimiz umuman qovushmadi. Ammo ikkinchi bo‘limda yigitlar o‘zlarini ko‘rsata bilishdi. O‘yinni so‘nggi soniyasiga qadar kurashdilar va natijada hisobni tenglashtiri, jamoamizni yaqqol mag‘lubiyatdan asrab qolishga erishdilar. Buning uchun yigitlarga alohida rahmat aytmoqchiman. Fursatdan foydalanib barchani mavsum yakuni bilan tabriklayman.

Taran, Ubaydullaev va Tojiboev jarohati bois jamoamizga bugun yordam berolmadi. Ularga tezroq sog‘ayib, faoliyatlarini davom ettirishlarini tilashdan boshqa choramiz qolmadi.

Mavsum bo‘yicha fikr bildiradigan bo‘lsam shuni aytishim mumkin-ki, bu yil "Sho‘rtan" uchun juda omadsiz bo‘ldi. Biz ko‘plab uchrashuvlarda imkoniyatlarimizdan foydalanolmadik. Kutgan rejalarimizning ko‘pi amalga oshmadi. Albatta, bunda FIFAning "Sho‘rtan"ga nisbatan chiqargan qarorlari ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi deb hisoblayman. Bundan tashqari, mavsum oralig‘ida o‘tkazilgan selektsiya ishlari ham ko‘ngildagidek bo‘lmadi. So‘nggi pallada federatsiyamizda sodir bo‘layotgan o‘zgarish va yangiliklar ham albatta bu sabablardan mustasno emas, - deydi Kchnev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!