Germaniya terma jamoasi safidan tushib qolgan Sane qanday fikrda?

  • 6 iyun, 2018, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane Germaniya terma jamoasining  JCh-2018 uchun yakuniy tarkibiga kiritilmagani borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Jahon chempionatida o‘ynamasligimdan juda xafaman. Biroq, men murabbiyning qarorini xurmat qilishim lozim. Endi men yana terma jamoa tarkibiga qaytish uchun o‘z ustimda ko‘proq ishlashga harakat qilaman. Germaniya terma jamoasiga Rossiyada omad tilayman. Sovrin sari olg‘a!”, - deb yozadi Sane o‘zining instagramdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Sane o‘tgan mavsum “shaharliklar” safida jami 49ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14ta gol hamda 19ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!