Germaniyada o‘tadigan "Evro-2024"ga yo‘l olgan 13 ta terma jamoa nomi ma’lum (foto)

  • 18 noyabr, 2023, 09:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun tunda "Evro-2024" saralash turniri doirasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda 2 ta jamoa muddatidan oldin Evropa chempionati guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Tecno

Kelasi yili Germaniyada bo‘lib o‘tadigan musobaqada Daniya va Albaniya terma jamoalari rasman ishtirok etishi aniq bo‘ldi. Albaniya o‘z guruhida kamida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi. Daniya esa guruhda peshqadamlikni kafolatladi.

Quyida Evropa chempionatiga chiptani naqd qilgan 13 ta terma jamoa bilan tanishish imkoniyatiga egasiz:

1. Germaniya, 2. Frantsiya, 3. Belgiya, 4. Portugaliya, 5. Ispaniya, 6. Shotlandiya, 7. Turkiya, 8. Avstriya, 9. Angliya, 10. Vengriya, 11. Slovakiya, 12. Albaniya, 13. Daniya.

evro

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!