Germaniyadagi “yulduzcha” ko‘pchilikni bezovta qilyapti
Joriy mavsum Bundesligada yana bir istiqbolli o‘yinchi kashf qilindi. Germaniyaning amaldagi chempioni “Bavariya”da to‘p tepayotgan 17 yoshli Lennart Karl nemis futbolining kelajagi, deb e’tirof etilyapti.
Karlning yoshi, o‘ng qanotdagi harakatchanligi, hujumdagi qobiliyati va shu kabi xislatlari uni kelajakda transfer uchun jozibali nomzodga aylantirmoqda
Yosh futbolchining o‘yinlari darrov qit’aning grand klublari e’tiborini tortgani ham bor gap. Ayniqsa, yoshlar bilan ishlashni ma’qul ko‘radigan Mikel Arteta Lennartni “Arsenal”ga taklif qilish niyatida.
Ammo “Arsenal”dagilar ham bu transferni amalga oshirish juda qiyin bo‘lishini tan olmoqda.
Shunga qaramay, “kanonirlar” istiqbolli yosh futbolchilarni jalb qilish va ularni asosiy rolga tayyorlashni klub strategik rejasining bir qismi sifatida ko‘radi. Ekspertlar Lennart Karl ana shunday profilga mos kelishini ta’kidlayapti.



Fikrlar