Getji: Xabib bilan jang qilishga tayyorman
UFC jangchisi Jastin Getji Xabib Nurmagomedov bilan chempionlik kamar uchun oktagonga ko‘tarilishni xohladi.
- Xabib bilan chempionlik kamari uchun jang qilishga tayyorman. O‘ylashimcha, unga qarshi chiqadigan eng xavfli raqib men bo‘lishim mumkin, - deya Getjining so‘zlaridan iqtibos keltiradi MMA Junkie nashrining xabar berishicha.
Eslatib o‘tamiz, Getji kecha UFCning Filadelfiyadagi turniri doirasida Edson Barbozani mag‘lub etdi.

Fikrlar