"Give Me Sport" 2026 yilgi "Oltin to‘p" uchun favoritlar reytingini e’lon qildi
"Give me Sport" nashri 2026 yilgi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish uchun favoritlarning yangi reytingi e’lon qildi. Ro‘yxatni "Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe boshqarmoqda. Frantsiyalik futbolchi ayni damda La Liga va Chempionlar Ligasining eng yaxshi to‘purari hisoblanadi.
Ikkinchi o‘rinda "Barselona"ning yulduzi Lamin Yamal qayd etilgan. Uchinchi o‘rinni esa ketma-ket o‘yinlarda to‘purarlik qobiliyatini namoyish etayotgan "Bavariya" hujumchisi Harri Keyn egallagan.
2025 yilgi "Oltin to‘p" sohibi Usmon Dembele to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, "Barselona" yarimhimoyachisi Pedri kuchli beshlikni yakunlab bergan. Quyida "Top-10" reyting bilan tanishing:
1.Kilian Mbappe — "Real Madrid" (Frantsiya)
2.Lamin Yamal — "Barselona" (Ispaniya)
3.Harri Keyn — "Bavariya" (Angliya)
4.Usmon Dembele — "Pari Sen-Jermen" (Frantsiya)
5.Pedri — "Barselona" (Ispaniya)
6.Erling Xoland — "Manchester Siti" (Norvegiya)
7.Jud Bellingem — "Real Madrid" (Angliya)
8.Muhammad Saloh — "Liverpul" (Misr)
9.Vinisius Junior — "Real Madrid" (Braziliya)
10.Rodri — "Manchester Siti" (Ispaniya)



Fikrlar