
Glazgo derbisida Stiven Jerrard shogirdlari ustun keldi (FOTO)
Shotlandiya chempionatining 21-turida "Reynjers" va "Seltik" qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tdi va uchrashuvda Jerrard shogirdlari 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritib, 6 ochkoga teng bo‘lgan qimmatli 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng, "Reynjers" "Seltik" bilan oradagi ochkolar farqini 2 tagacha qisqartirib oldi va yana zahirada 1 ta o‘yini bor.
"Seltik" – "Reynjers" 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 36 Kent, 1:1 – 42 Eduar, 1:2 – 56 Katich.
"Seltik" – Forster, Ayer, Bolingoli-Mbombo, Jyulen, Forrest (Ntcham, 68), Frimpong, Braun, Kristi (Griffits, 81), Makgregor, Eduar, Djonston (Biton, 68).
"Reynjers" – Makgregor, Taverne, Katich, Barishich, Goldson, Djek, Kamara (Arfild, 80), Devis (Edmundson, 90), Aribo, Kent, Morelos.
Ogohlantirishlar: Katich (33), Braun (38), Kristi (49), Kamara (70), Bolingoli-Mbombo (71), Barishich (82), Morelos (85).
Chetlatish: Morelos (90).
Fikrlar