
Glover Teysheyra: "U og‘ir vazn toifasida hammani mag‘lub eta oladi"
Yarim og‘ir vazn amaldagi UFC chempioni Aleks Pereyraning bosh murabbiyi bo‘lgan braziliyalik Glover Teysheyra "Poatan" haqida gapirdi.
“Biz u o‘rta vazn paytidayoq bu haqida gaplashgandik. Men unga: “Kurash bilan katta bo‘lasan. Oxir-oqibat og‘ir vaznga chiqishing kerak", deya ogohlantirganman. Aleks buni oddiy qabul qilgan. O‘rta vaznga qaytish haqida gapiradigan bo‘lsak, Pereyra taxminan 16 kg yo‘qotishi kerak bo‘ladi, chunki uning vazni hozirda 99 kg. Bu juda ko‘p vazn, lekin menimcha, buni uddalash mumkin. U yaxshilansa, men ham xursand bo‘laman. Aleks og‘ir vazn toifasida ham qatnashib, hammani mag‘lub eta oladi. Chunki u haqiqiy yirtqich", - deya Glover so‘zlarini keltirdi Low Kick MMA portali.
Fikrlar