"Golden Boy" sohibi "Manchester Siti"da o‘ynashi mumkin

  • 3 dekabr, 16:21
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ klubi vingeri Dezire Due faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Fichajes" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, frantsiyalik futbolchining xizmatlariga Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Shaharliklar" Due uchun 114 million evrodan voz kechishga tayyor. 20 yoshli futbolchi o‘zini Parijda baxtli ekanini aytgan bo‘lsa-da, APLda o‘zini sinab ko‘rishga qarshi emas. Futbolchining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi.

Ma’lumot uchun, 2025 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi, joriy mavsumda barcha turnirlarda umumiy 8 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!