Gollarga boy o‘tgan o‘yinda Avtraliya Eron ustidan g‘alabaga erishdi

  • 4 mart, 2023, 17:04
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

20 yoshlilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining ikkinchi turidan o‘rin olgan Eron - Avtraliya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinda avstraliyaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, 8-daqiqada Simmons hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas Adrian oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 25-daqiqada Eslamtalab javob golini urdi. Ikkinchi bo‘limda jamoalar yana bittadan gol urdi va hisob 2:3 ko‘rinishiga keldi.

Shu tariqa, Avstraliya 3 ochkoni qo‘lga kiritib, guruhda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Eron esa 2-pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!