
Gollarga boy o‘tgan Serbiya - Shveytsariya bahsi pley-off yo‘llanmasi masalasini hal etib berdi
JCh-2022 3-turidan o‘rin olgan Serbiya - Shveytsariya bahsi yakunlandi. Unda nominal mehmonlar 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
Shveytsariyaliklar tarkibida Shakiri, Embolo hamda Froyler gol urgan bo‘lsa, serblardan Mitrovich hamda Vlaxovich raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, Shveytsariya 6 ochko bilan o‘z guruhida 2-o‘rinni egalladi va pley-off yo‘llanmasiga ega chiqdi. 1 ochko to‘plagan Serbiya so‘nggi pog‘onani band etdi.
Fikrlar