Gomeshga "Yuventus" emas, "Tottenxem" qiziqmoqda
Turinning “Yuventus” klubi qishki transferlar chog‘ida “Barselona” yarim himoyachisi Andre Gomeshni sotib olishni rejalashtirmayapti.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra turinliklar qishda “Shalke-04” xavbeki Leon Gorettskani o‘z saflariga qo‘shib olishni ko‘zlashmoqda. Ta’kidlash lozimki, Germaniya terma jamoasi a’zosining gelzenkirxenliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi.
Gomesh bilan esa Londonning “Tottenxem” klubi qiziqmoqda. O‘z navbatida “Barselona” rahbariyati ham jamoaning asosiy tarkibiga kira olmayotgan portugaliyalik futbolchini saqlab turmoqchi emas.

Fikrlar