
Gonduraslik sobiq bosh hakam: "Messi bir safar sariq kartochkaga imzo qo‘yib bergandi"
Gonduraslik sobiq bosh hakam Said Martines Lionel Messining sariq kartochkaga avtograf qo‘yganini esladi.
"Men futbolchilar bilan suratga tushadiganlardan emasman. Men uchun barcha o‘yinchilar birdek va o‘yin paytida o‘z vazifamni bajaraman.
Bir kuni stadion xodimi bilan Messi ishtirokidagi o‘yinni tekshirayotgan edim. O‘sha paytda futbolchi yaqin orada to‘planib qolgan olomonga dastxat berayotgan edi. Men esa, Meksika va Panama o‘rtasidagi KONKAKAF Oltin Kubogi finalida xizmat qilgan sariq kartochkadan foydalanishga qaror qildim.
Argentinalik yulduzdan esdalik sifatida avtograf so‘radim. Albatta o‘zim uchun emas, balki 15 yoshli qizim uchun edi. Kartochkada "Siham Martines uchun. Sevgi bilan Leo Messi" degan yozuv bor edi.
Bu narsa qimmatli albatta. Chunki unda Messining asl imzosi bor. Bu bebaho va bir umr esda qoladigan voqea bo‘lgan edi", - dedi gonduraslik sobiq hakam.
Fikrlar