Grand klubda o‘ynaydigan payt keldi

  • 23.06.2025 17:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasining uchta grand klubi “Kristal Pelas”da o‘ynab kelayotgan markaziy himoyachi Mark Gexini o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat qilmoqda.

The Guardian nashrining yozishicha, “Liverpul”, “Tottenxem” va “Nyukasl” iste’dodli futbolchini shu yoz ichi transfer qilishga urinyapti.

Grand klublarda o‘ynash darajasiga etganiga qaramay, Gexining o‘zi “Kristal Pelas”ni tark etishga shoshilyapti. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunida tugaydi. Mark kelishuv yakunlangunicha jamoada qolib, kelasi yoz erkin agent sifatida boshqa klub tanlashni rejalashtirmoqda.

“Kristal Pelas” Mark Gexi klub bilan shartnomani uzaytirmagani uchun uni yozda sotib yuborishga harakat qilyapti. Klub rahbariyati qimmatbaho aktivni bepul ketishiga yo‘l qo‘ymoqchi emas.

Mark Gexi “Kristal Pelas”ga 2021 yilning yozida “Chelsi”dan olib kelingan. O‘shanda bu transfer uchun “Chelsi” 23,3 million evro miqdorida badal puli olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!