
"Grand Slam Tashkent - 2021". Vakillarimizdan yana 3 tasi g‘alabaga erishdi
Ayni daqiqalarda, Toshkent shahridagi "Humo Arena" sport saroyida dzyudo bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turniri bo‘lib o‘tmoqda. Dastlabki bosqichlar doirasidagi navbatdagi janglarda vakillarimiz bir qator g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.
-73 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Murodjon Yo‘ldoshev birinchi bosqich bahsida italiyalik Jiovanni Espozitoni ippon bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Endi Murodjon ikkinchi davrada ukrainalik Artyom Xomulaga qarshi tatamiga chiqadi.
-73 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz G‘olibjon Sulaymonov Toshkent "Katta Dubulg‘a" turniridagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi.
Sulaymonov birinchi davrada bolgariyalik Mark Xristovga qarshi bahs olib borib, g‘alabaga erishdi. G‘olibjon ikkinchi bosqichda ukrainalik Aleksandr Koshlyak bilan tatamiga chiqadi.
Ushbu bosqich doirasida qizlarimizdan Shohista Nazarova musobaqa bilan erta xayrlashishga majbur bo‘ldi. Murosasiz kurashda Nazarova gruziyalik Maryam Tchanturiyaga kichik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Musobaqa davom etmoqda.
Fikrlar