
Granit Jaka Vengriya - Shveytsariya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
"A" guruhidan o‘rin olgan Vengriya - Shveytsariya uchrashuvida nominal mehmonlar g‘alaba qozonishdi.
Dastlab, Dua hisobni ochgan bo‘lsa, Ebisher oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Ikkinchi taymda esa Varga javob qaytardi. So‘nggi daqiqalarda Embolo o‘yinga nuqtani qo‘ydi.
Granit Jaka uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 31 yoshli futbolchi maydonda to‘liq 90 daqiqa o‘tkazdi. 99 marta tegindi, jami 88 bora pas berdi va ulardan 79 tasi manzilga aniq etib bordi. To‘rt marta xavfli vaziyat yaratgan Granit 3 bora zarba yo‘lladi. 7 bora yakkakurashga kirib, ulardan 6 tasida yutib chiqdi. Havoda esa 2 marta jang qilib, har ikkisida o‘z foydasiga ishladi.
Shu tariqa, shveytsariyaliklar guruhda ikkinchi o‘ringa chiqib oldi, vengriyaliklar esa 3-pog‘onadan joy oldi.
Fikrlar