
Grigor Dimitrov chorak finalda o‘ynaydi
Bolgariyalik tennischi Grigor Dimitrov AQShda o‘tayotgan "US Open" turnirining chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Grinor Nyu-York shahrida o‘tkazilayotgan musobaqaning to‘rtinchi davrasida avstraliyalik Aleksa De Minaurni 7:5, 6:3, 6:4 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa Dimitrov Amerika ochiq chempionatining navbatdagi bosqichida shveytsariyalik Rojer Fedrerga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.
Fikrlar