Grilishga APLning grand klubidan xaridor chiqdi

  • 28 dekabr, 2024, 01:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” futbolchisi Jek Grilishga Angliya Premer-ligasining “Tottenxem” klubi juda katta qiziqish bildirmoqda. 
 
Bir necha kun oldin koreyalik hujumchi Son Xyon Min jamoa bilan shartnomasini uzaytirmasligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Shu sababli, klub mutasaddilari futbolchi o‘rniga yangi hujumchi izlashni boshlab yuborishgan. 
 
“Football365” nashrining xabar berishicha, angliyalik hujumchining bu mavsumdagi muvaffaqiyatsiz harakatlari sabab “shaharliklar” futbolchini qishki transferlar oynasida sotishga tayyor. So‘nggi kunlarda Jek uchun “shporlar” asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda. Manbaga ko‘ra, “Tottenxem” bosh murabbiyi Postekoglu ham bu transferni shaxsan o‘zi xohlayotganini bildirgan. 
  
Ma’lumot o‘rnida, 29 yoshli hujumchi bu mavsum “Siti” tarkibida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 bora golli uzatmaga mualliflik qildi. Grilishning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, Transfermarkt portalidagi narxi 45 million evro deb baholanmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!