Grizmann "Barselona"da qolmoqchi
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann yaqin orada jamoasini o‘zgartirmoqchi emas.
Catalunya Radio tarqatgan xabarga ko‘ra, 30 yoshli frantsiyalik futbolchini Kataloniya klubida barcha narsa qoniqtirmoqda va u “Barsa”da amaldagi shartnomasi tugaguncha o‘ynamoqchi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv esa 2024 yilga qadar imzolangan.
Ammo klub rahbariyati boshqacha fikrda. Aniqrog‘i, Grizmann yozda “Barselona”dan ketadigan futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan.
Grizmann joriy mavsum La Ligada 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar