Grizmann "Barselona"ga o‘tish uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Atletiko" klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann ushbu yozda "Barselona" safiga ko‘chib o‘tish uchun maoshini kamaytirirshga ham tayyor. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Grizmann kataloniyaliklar bilan muzokaralar chog‘ida kam maosh olishga ham rozi bo‘lgan. Faqat frantsiyalik forvard sovrinlar qo‘lga kiritilganda, ko‘tarma pullarini ko‘proq berilishini so‘ramoqda xolos.

Ilgariroq 27 yoshli futbolchi kelajagini JChga qadar hal qilib olmoqchiligi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!