
Grizmann bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmaydigan bo‘ldi
Antuan Grizmannga Angliya premer-ligasi grandlaridan jiddiy chorlovlar bo‘layotganiga qaramay, hujumchi “Barselona”da qolishga qaror qildi. U hech qanday taklif uni Kataloniyadan ketishga ko‘ndirolmasligini ta’kidlab, buning sababini aytdi.
Bu Ronald Kumanning asosiy hujumchilaridan biri Luis Suaresga javob berib yuborgani bilan bog‘liq ekan. Grizmann yangi mavsumda markaziy hujumchi sifatida o‘ynab, asosiy to‘purarga aylanmoqchi. Shuningdek, frantsiyalik hujumchi Suares ketganidan keyin, uning do‘sti Lionel Messi bilan ham munosabatlarini yaxshilab olishni rejalashtirgan.
Avvalroq, Kuman Messi jamoani tark etgan taqdirda, etakchilik mas’uliyatini Grizmannga topshirishini bildirgan edi. Klub rahbariyati Messi olib qolish bilan birga, Kataloniyadan ketish payida yurgan hujumkor futbolchi Filippe Koutinoni ham “Barsa” uchun o‘ynashga majburlayapti.
Fikrlar