Grizmann “Chelsi” taklifiga qanday javob berdi?

  • 17 iyul, 2021, 19:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”dan ketishi ketilayotgan frantsiyalik  hujumchi Antuan Grizmann “Chelsi” tomonidan taklif oldi.

Tecno

“Chelsi” aslida yozda “Borussiya”dan Erling Xolandni olmoqchi edi. Biroq, dortmundliklar hech qanday narxga uni qo‘yib yubormayapti. Londonliklarning taklifiga ham rad javobi berildi.

Shuning uchun Tomas Tuxel hujum chizig‘ini Grizmann yordamida kuchaytirmoqchi. Germaniyalik mutaxassis oldiga kelasi mavsumda Angliya chempionatida g‘olib chiqish vazifasi qo‘yilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Antuan Grizmann “Chelsi”ning taklifini qiziqarli, deb topgan, lekin Kataloniyadan ketsa, faqatgina “Atletiko”ga qaytishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!