
Grizmann endi bu borada tengsiz
Jahon chempionati chorak final doirasida Angliya va Frantsiya jamoalari o‘rtasidagi bahsda frantsuzlar zafar quchdi.
Uchrashuvda "uch ranglilar" futbolchisi Antuan Grizman jamoadoshlari Orelen Chuameni va Olive Jiruning gollariga assistentlik qildi.
Grizmann bu foydali harakatlari bilan afsonaviy futbolchilar Terri Anri va Zinedin Zidanni ortda qoldirib, uzatmalar sonini 28 taga etkazgan holda Frantsiya terma jamoasining eng yaxshi assistentiga aylandi. Anri va Zidan o‘z hisobiga 26 tadan golli pas yozdirib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya yarim finalda Afrikaning Marokash terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar