
Grizmann Frantsiya terma jamoasidan ketadimi?
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Evropa chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng terma jamoadagi kelajagi haqida gapirdi.
"Menda hali ham Frantsiya terma jamoasida o‘ynash istagi bor", - dedi hujumchi Get French Football News nashriga bergan intervyusida.
33 yoshli Antuan Grizmann Evro-2024 da oltita o‘yin o‘tkazdi. Fransiya terma jamoasi nufuzli turnirdagi ishtirokini yarim final bosqichida yakunladi. Dide Desham shogirdlari yarim finalda Ispaniyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Endi hal qiluvchi bahsda “qizil furiya” Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar