Grizmann g‘azabda!
Kecha Ispaniya La Ligasi 8-turidan o‘rin olgan "Alaves" hamda "Barselona" bellashuvi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 10 kishi bo‘lib qolgan mezbonlarni enga olmagan kataloniyaliklar hujumchisi Antuan Grizmann uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Biz juda-juda g‘azablanyapmiz. 3 ochko olishni xohlagandik. Hujum chizig‘ida oqsayapmiz va men ulardan birinchisiman. Juda ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldik va bittagina gol urdik. Biz jamoaviy tarzda rivojlanishimiz kerak. Jamoamga gollarim kerak va buning ustida ishlashga harakat qilaman", - dedi futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, kechagi bahsda kataloniyaliklarning yagona goliga frantsuz hujumchisi mualliflik qildi.

Fikrlar