Grizmann kibersport klubi ochdi
"Barselona" klubi forvardi Antuan Grizmann akasi Teo bilan birga Grizi Esport kibersport klubiga asos soldi.
Ushbu klubda FIFA 20, League of Legends, CS:GO, Fortnite, Rainbow Six Siege kabi videoo‘yinlardan ishtirokchilar shug‘ullanishadi. Ushbu tashkilotni futbolchining akasi Teo boshqaradigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Grizmann joriy mavsum “Barselona” safida 26 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar