Grizmann: Messi xuddi Lebron Jeymsga o‘xshaydi

  • 15.07.2019 11:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ning yangi a’zosi Antuan Grizmann jamoadoshi Lionel Messini mashhur basketbolchi Lebron Jeymsga o‘xshatdi.

“Messi mening farzandlarim va farzandlarimning bolalari uchun ham afsona bo‘ladi. U xuddi basketboldagi Lebron Jeymsga o‘xshaydi. Men ushbu buyuk jamoada muhim futbolchi bo‘lishni xohlayman. “Barselona” bilan birga La Liga, Chempionlar ligasi va Ispaniya kubogini yutishga harakat qilaman”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar Grizmanni 120 mln evro evaziga sotib olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!