Grizmann: Nihoyat “Barselona” bilan yo‘llarimiz kesishdi
Kecha "Barselona" bilan shartnoma imzolagan frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmann bu haqda o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Otam bolaligimda hayotda poezdlar bir marta yurmasligini aytgan. Mening faoliyatimda ham yangi chaqiruvlar vaqti kelgan edi. Nihoyat “Barselona” bilan yo‘llarimiz kesishdi. Endi men ushbu jamoaning libosini munosib himoya qilaman”, - deydi Grizmann.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli Grizmann “ko‘k-anor ranglilar” bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi. Uning transferi esa “Barselona”ga 120 mln evroga tushdi.



Fikrlar